Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalarda 9 oy davomida 76,5 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlangan. Bu haqda AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida xalq ta'limi vaziri örinbosari Temur Komilov ma'lum qildi.

Temur Komilov moliyaviy kamçiliklar 2020 yilning şu davriga taqqoslanganda 2 baravarga kamayganini ta'kidlagan. 2020 yilda 143 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlangan edi.

“Aniqlangan moliyaviy kamçiliklarning asosiy qismi, ya'ni 62 foizi iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar bilan boğliq. 76,5 mlrd sömdan 47 mlrd söm iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarda xatolikka yöl qöyilgan. 76,5 mlrddan 16 mlrd sömi — öğrilik va kamomad bilan boğliq xatolarda aniqlangan.

38053 ta holatda iş haqi bilan boğliq 31 mlrd sömlik noqonuniy xarajatlar amalga oşirilgan. Ya'ni iş haqidan tölanadigan soliqlar bilan boğliq tölovlarda xatoliklarga yöl qöyilgan. Bunda eng katta kamçiliklar Andijon viloyatiga töğri keladi. 4,5 mlrd söm noqonuniy tarzda iş haqi hisobidan soliqlarni tölaşga yönaltirilgan.

Bundan taşqari, 25 mlrd söm mablağ lavozim maoşi böyiça belgilangan tölovlarni notöğri hisoblaş, ya'ni mehnat ta'tillarini, toifalarni notöğri hisoblaş orqali noqonuniy xarajatlarga yöl qöyilgan. Davlat xaridlari qoidalariga rioya etmaslik oqibatida 14 mlrd sömlik moliyaviy xato aniqlangan”, dedi vazir örinbosari.

Tarkibida jinoyat alomatlari bölgan 158 ta 61,4 mlrd sömlik örganiş materiallari huquqiy baho beriş va qonuniy çoralar köriş maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Qayd etilişiça, vazirlik içki audit xizmatining 9 oylik faoliyati davomida jami 194,7 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarning oldi olinişiga va bartaraf etilişiga erişildi.

Barça vazirlik va idoralar içki audit xizmati natijalarini har çorakda bir marta e'lon qiliş yölga qöyilmoqda. Jumladan, Oliy ta'lim vazirligining içki audit va moliyaviy nazorat boşqarmasi tomonidan tizimda 9 oyda 13,5 mlrd sömlik moliyaviy xatolikka yöl qöyilgani ma'lum qilingan edi.