“Imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga davlat budjeti mablağlari hisobidan tibbiy xizmat körsatuvçi tibbiyot taşkilotlariga qöyiladigan talablarni tasdiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Maslahat, diagnostika va konservativ davolaşdan iborat bölgan statsionar tipdagi tibbiyot taşkiloti uçun talablar quyidagiça: 

  • nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun tibbiy faoliyatga litsenziyaning mavjudligi;
  • ixtisoslik turiga belgilangan moddiy texnik bazaning Adliya vazirligida röyxatga olingan “Tibbiy ixtisoslaşuvning tegişli turini amalga oşiriş uçun zarur bölgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar, şu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar”da statsionar yönalişga belgilangan talablarga muvofiq bölişi;
  • sterilizatsiya, klinik laboratoriya, intensiv terapiya bölimlarining mavjudligi;
  • ixtisoslik (ixtisosliklar) doirasida ambulator-poliklinika xizmatining taşkil etilgani;
  • davolovçi şifokorlarda malaka toifasining bölişi.

Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolaşdan iborat bölgan statsionar tipdagi tibbiyot taşkiloti uçun A-bandda nazarda tutilgan talablarga qöşimça ravişda:

  • anesteziologiya va reanimatologiya bölimi;
  • kamida 2 ta operatsiya xonalarining mavjudligi;
  • xirurg şifokorda kamida birinçi malaka toifasining bölişi lozim.

Bildirilişiça, işlab çiqilgan talablar faqat imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga budjet mablağlari hisobidan tibbiy xizmat körsatmoqçi bölgan nodavlat tibbiyot taşkilotlariga nisbatan belgilangan. Uşbu talablarga muvofiqlik nodavlat tibbiyot taşkilotlari bilan Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi örtasida tegişli mazmundagi ixtiyoriy şartnoma imzolanişida örganiladi.