Boş Assambleyaning «Iqlim böyiça çora-tadbirlar köriş: odamlar, sayyora va farovonlik uçun» oliy darajadagi yiğilişida çiqiş qilgan Özbekiston vakili Orol dengizining qurişi natijasida yuzaga kelgan ekologik halokat haqida ham eslab ötdi.
Şuningdek, Baxtiyor Ibragimov Özbekiston iqlim özgarişlariga qarşi kuraş, atrof-muhit va bioxilma-xillikni asraş masalalari hamda iqlim böyiça Parij kelişuvida qöyilgan natijalarga erişişga jiddiy e'tibor qaratayotganini bildirdi.
«Umid qilamizki, BMTning uşbu konferensiyasi iqlim inqirozlariga qarşi kuraş böyiça jamoaviy harakatlarimizni faollaştiradi. Özbekiston BMT, uning ixtisoslaştirilgan agentliklari, a'zo davlatlar va boşqa manfaatdor taraflar bilan global iqlim muammosiga doir takliflar yuzasidan amaliy hamkorlik qilişga tayyorligini bildiradi», – dedi Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov.

















