Polşa adliya vaziri va boş prokurori Zbignev Zebro Varşava Yevropa adliya sudi tomonidan mamlakatga solingan jarimani tölaşi kerakmasligini aytdi. 27 oktyabrda sud Polşa Oliy sudining tartib-intizom palatasi tarqatib yuborilmaguniga qadar mamlakat kuniga 1 mln yevrodan jarima tölaşi haqida hukm çiqargan. 

“Polşa qonunsizlikka böysunmaydi. Polşa bir zlotiy ham tölamasligi kerak”, deb aytgan vazir matbuot anjumanida. Uning ta'kidlaşiça, Varşava “Turov” koni böyiça solingan sanksiyalar böyiça ham jarima tölamasligi lozim.   

Zebro adliya vaziri bölib qolar ekan, jarima tölanmasligini talab qilişini aytgan. Avvalroq uning örinbosari Sebastyan Kaleta Yevropa ittifoqi sudining hukmini “şantaj va Bryussel tomonidan Polşadagi hokimiyatni uzurpatsiya qiliş” deb atagan. U Yevropa ittifoqini Polşa qonunçiligi va konstitutsiyaviy sudi qarorini mensimaslikda ayblagan.

21 sentyabrda ham Yevropa ittifoqi Polşa “Turov” kömir konini yopişdan boş tortgani uçun Varşavadan kuniga 500 ming yevro tölaşni talab qilgan. Polşa uşbu summani kömir koni yopilmagunga qadar tölaşi lozim. Bryusselning ta'kidlaşiça, kon qöşni Çexiya ekologiyasiga ziyon yetkazadi.