Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlarda aniqlangan kamomad va o‘zlashtirishlar 83,7 mlrd so‘mni, budjet mablag‘laridan asossiz va ortiqcha to‘lovlar 457,7 mlrd so‘mni va maqsadsiz xarajatlar 187,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida 365 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi oldi olingan.

Aniqlangan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning kamomadi hamda noqonuniy o‘zlashtirish holatlari (83,7 mlrd so‘m) 2020 yilning 9 oyiga (28 mlrd so‘m) nisbatan 3 martaga oshgan.
Ushbu holatlarning asosiy qismi quyidagi vazirlik va qo‘mitalar tizimida aniqlangan:
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida - 23,3 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 13 mln so‘m);
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida - 17,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,9 mlrd so‘m);
Xalq ta'limi vazirligi tizimida - 14,4 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 15,4 mlrd so‘m);
Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida - 5,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 3,8 mlrd so‘m);
Madaniyat vazirligi tizimida - 2,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 1 mlrd so‘m);
Turizm va sport vazirligi tizimida - 1,7 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd so‘m);
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida - 4,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 2 mln so‘m)
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida - 2,2 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 0,4 mlrd so‘m);
Hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalarida - 2,5 mlrd so‘m (2020 yil 9 oyda 1 mlrd so‘m).


















