AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook kompaniyasining boş direktori Mark Tsukerbergni jinoyatçi deb atadi va uni 2020 yilgi prezident saylovlariga aralaşişda aybladi.
Daily Mail naşrining yozişiça, Tramp öz tarafdorlariga xabar yöllab, unda Tsukerberg va uning raqifasi Prissilla Çan mahalliy saylov komissiyalariga 400 mln dollardan köproq pul xayriya qilgani, bu esa prezident saylovlariga öz ta'sirini körsatganini ma'lum qilgan.
“Fikrimça, Mark Tsukerberg 400 mln dollardan köproq pul sarflab, prezident saylovlari borişini özgartira olgan jinoyatçidir”, deb aytgan sobiq prezident.
Gap 2020 yil kuzida Tsukerbergning Texnologiyalar va fuqarolar hayoti markaziga (CTCL) hamda Saylovlar sohasida innovatsiyalar va tadqiqotlar markaziga (CEIR) 419,5 mln dollar xayriya qilgani haqida bormoqda.
Ma'lumotlarga köra, CTCL va CEIR uşbu pullarni saylov uçastkalarida koronavirus tarqalişi oldini olişga möljallangan himoya qurilmalari, poçta orqali yuborilgan ovoz beriş byulletenlarini qayta işlaş uçun qurilmalar va boşqa zarur vositalarni sotib oliş uçun mahalliy hokimiyat idoralariga yöllagan.
CTCL va CEIR biror-bir partiyaga aloqador bölmagan taşkilotlar sifatida röyxatdan ötgan bölsa-da, The Federalist naşrida e'lon qilingan tahlil markazlar pullarni asosan demokratik partiyaga aloqador doiralarda taqsimlaganini körsatgan. Şundan keyin Respublikaçilar partiyasining yuridik guruhi 9 ta ştatda xayriyalarga qarşi şikoyat arizasi topşirgan. Tsukerbergning özi esa mablağlar qonunga zid maqsadlarda qöllanmaganini aytgan.
28 oktyabrda Tsukerberg Facebook kompaniyasi Meta deb qayta nomlanişini ma'lum qildi.











