UzAuto Motors kompaniyasining ma'lum qilişiça, yarimötkazgiçlar yetişmovçiligi tufayli, oktabr va noyabr oylarida Lacetti va Labo avtomobillarini kutayotgan xaridorlar bilan tuzilgan şartnomalarni öz vaqtida bajariş imkoniyati mavjud emas. Xaridorlar yana 2 oygaça kutişlariga töğri keladi.
Kompaniya mazkur vaziyatda şartnomaning 3.1.1 bandini qöllaşga töğri kelişini ma'lum qilgan.
«UzAuto Motors'ga boğliq bölmagan holatlar, xususan, yarimötkazgiçlardan (mikroçiplardan) tayyorlangan butlovçi qismlarning global taqçilligi sababli kompaniya 3.1.1 bandini qöllaşga hamda 3.1 bandda körsatilgan Chevrolet Lacetti hamda Labo avtomobillarining kutilayotgan yetkazib beriş muddatini 2 oyga uzaytirişga majbur», deyilgan xabarda.
Avvalroq, kompaniya 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt'ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni isitiş örindiği modulisiz taklif etgandi. Uşbu holatga ham mikroçiplarning global tanqisligi sabab sifatida körsatilgandi.












