Yevroparlament Yevrokomissiyani Yevroittifoq tarkibidagi davlatlar qonun ustuvorligini buzgani uçun jazolaş töğrisidagi reglamentdan foydalanmagani uçun Yevropa sudiga berdi. Bu haqda Yevroparlament raisi David Sassoli ma'lum qildi.

YeI qonunlari ustuvorligi mexanizmi 2020 yil dekabrda YeI sammiti iştirokçilari tomonidan ma'qullangan va kuçga kirgan, ammo şu vaqtga qadar undan foydalanilmagandi. Mexanizmda Yevrokomissiya qonun ustuvorligi buzilgani uçun mablağlardan maqsadli foydalanmaslik xavfi mavjud mamlakatlarga umumiy budjetdan mablağ ajratilişini qisqartirişi mumkinligi közda tutilgan.

Öz navbatida, Polşa va Vengriya mazkur reglament özlariga qarşi qöllanilişidan xavfsirab, Yevropa sudiga qonun ustuvorligi mexanizmiga qarşi da'vo bilan murojaat qildi. Bu boradagi qaror bir neça oydan keyin qabul qilinişi kutilmoqda va Yevrokomissiya unga qadar mazkur mexanizmdan foydalanmaslikka qaror qildi.

Sassolining sözlariga köra, Yevroparlament Polşaga nisbatan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen aytgan sanksiyalar joriy etilişini kutmoqda.

“Sözlar amalda ham bajarilişi kerak”, – dedi Yevroparlament raisi.

7 oktyabr kuni Polşa Konstitutsion sudi YeI qonunçiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi töğrisida qaror qabul qilgandi.

Oktabr örtalarida Yevropa parlamenti Polşaning YeIdan oladigan mablağini qisqartirişni talab qiluvçi rezolyutsiya böyiça ovoz bergan.