Graff Diamonds mijozlari orasida siyosatçilar va futbolçilardan taşqari, Alek Bolduin va Tom Henks kabi Hollivud aktyorlari ham bor.

Darknetda 11 ming mijozning ma'lumotlari e'lon qilingan. Hakerlarning ta'kidlaşiça, bu öğirlangan fayllarning 1 foizinigina taşkil qiladi.  

“Biz ma'lumotlari öğirlangan mijozlarni bu haqda ogohlantirdik va ularni tegişli çoralarni körişga çaqirdik”, deb aytilgan zargarlik uyida.

Kiberekspertlarning ta'kidlaşiça, hakerlar yaqin orada ma'lumotlar uçun kriptovalutada yoki zeb-ziynat buyumlarida evaz puli talab qilişi mumkin.