Birinçi iş holatlariga köra, G.M. 2020 yil mart oyida Qozoğistonga boriş uçun belgilangan tartibga rioya qilmagan. Jumladan, Toşkent viloyati çegara nazorat ötkaziş punkti yaqinidagi çegara hududidan aylanma yöllar orqali, sim tösiqlar ostidan, qonunga xilof ravişda Qozoğistonga ötgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvçi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, muqaddam sudlanmaganligi, ayolligi, işsizligi, oilasidan ajraşganligi, yaşaş joyidan ijobiy tavsiflanganligi inobatga olinib, jarima jazosi tayinlangan.

Ikkinçi iş holatlariga köra, U.Q. 2021 yil may oyida otasining uyda yöqligidan foydalanib, yotoqxonasidagi seyfni kalit tanlaş yöli bilan oçib, içidan 80 gramm oğirlikdagi tilla taqinçoqlarni öğirlab, unga 28 mln söm ziyon yetkazgan. Öğirlangan mulkni arzon narxda özga şaxslarga sotib, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvçi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan aybli deb topilib, uning muqaddam sudlanmaganligi, yetkazilgan mulkiy ziyon töliq bartaraf qilinganligi inobatga olinib, axloq tuzitiş işlari jazosi tayinlangan.