Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Farğonaazot” AJ ustav kapitalidagi 99,02 foiz uluşni xususiylaştiriş jarayonlariga xalqaro nufuzga ega konsultant va auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida jalb etganini ma'lum qildi.
Agentlik xabariga köra, “Farğonaazot” ustav kapitalidagi 99,02 foiz uluşni xususiylaştiriş uçun Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda takliflar işlab çiqildi.
Xalqaro kompaniyalar orasidan eng maqbuli, narx (tijorat) taklifi, sohadagi tajribasi, malaka va salohiyati, savdolarni taşkil etiş yondaşuvlari böyiça quyidagilar tanlab olindi:
xususiylaştiriş jarayonlarini amalga oşiriş va kompleks tahlil ötkaziş uçun yetakçi konsultant etib - “Deloitte” xalqaro konsalting kompaniyasi;
uluşni baholaş işlari uçun - “KPMG” xalqaro baholovçi kompaniyasi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Strategik konsultanti sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasini davlat aktivini sotiş jarayonlari doirasidagi muzokaralarda maslahat beriş uçun jalb etiş yuzasidan işlar olib borilayotgani aytilgan.
Xalqaro konsultantlar tavsiyalaridan kelib çiqib, davlat uluşi böyiça manfaatdor va salohiyatli investorlarning savdolarda iştirok etişi uçun qöyiladigan talablar va boşqa savdo şartlari böyiça ma'lumotlar qöşimça ravişda e'lon qilinişi bildirilgan.












