Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudida portlovçi moddalarga qonunga xilof ravişda egalik qilgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Janubiy kon boşqarmasiga qaraşli Zarmitan konida lahmlarni portlatiş vazifasida işlagan 2 nafar şaxs portlatuvçi moddalarni konda işlatmasdan, yaşirib kelişgan. Ular Samarqand viloyati Qöşrabot tumanidagi MÇJga tegişli oşxonada faoliyat yurituvçi 2 nafar fuqaro bilan özaro til biriktirib, portlatuvçi moddalar savdosi bilan şuğullangan. Uşbu 4 nafar fuqaro Navoiy viloyati DXX tezkor guruhi tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Sud hukmiga köra, Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan sudlanuvçilarning 1 nafariga 11 yil, qolgan şeriklariga esa 10 yil hamda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Oldinroq Navoiyda özaro janjallaşgan ikki qişloq «tillaçilari» profilaktika inspektorining maşinasini yaroqsiz holga keltirişgandi.











