Buyuk Britaniya hukumati iqlim özgarişi böyiça sammitga otlangan Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning samolyotini mamlakatga kiritişga ruxsat bermadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Bunga Tu-154 samolyotining texnik normalari Yevroittifoq va Buyuk Britaniya qabul qilgan normalarga javob bermasligi sabab bölgan.
Japarovning matbuot xizmati xabar berişiça, samolyot Buyuk Britaniyaga kiritilmasligi töğrisida prezident ma'muriyati avvalroq xabardor qilingan.
Natijada Qirğiziston prezidenti Embraer Lineage 1000 xususiy samolyotini yollagan.

















