Klub rasmiy sayti xabariga köra, 47 yoşli mutaxassis bilan birga murabbiylar ştabi bilan ham amaldagi kelişuv bekor qilingan.
Nunu va uning murabbiylar ştabi «Vulverhempton»dagi faoliyatidan keyin 2021 yilning iyun oyidan «Tottenhem»da iş boşlagandi.
Klub sönggi turda öz maydonida «Mançester Yunayted»ga 0:3 hisobida mağlubiyatga uçragaç, Nunu Eşpiritu Santuni iste'foga çiqariş qarori qabul qilingan.
«Şporlar» APL 10-turidan keyin 15 oçko bilan 8-örinni egallab turibdi. Klub sönggi 4 öyinida 3ta mağlubiyatni qabul qilib oldi. APLda esa sönggi 7 öyindan 5tasida yutqazdi.
Avvalroq, Nununing örnini egallaşga da'vogar murabbiylar qatorida uning hamyurtlari Serjiu Konseysau («Portu») va Paulu Fonseka hamda «Inter» sobiq ustozi Antonio Konte nomlari keltirilgan edi.












