Britaniyada taşqi tomoniga beton qoplangan va körinişi yoqimsiz yadro bunkeri 1,4 mln funt sterling narx bilan sotuvga qöyiladi. Uning içida premium toifadagi bir neçta xonadon joylaşgan, deb yozadi The Sun.
Mistli qişloğida joylaşgan yadro bunkeri uçta haşamatli xonadonga aylantirilgan. U şu oy oxirida auksionga qöyiladi.
Himoya bunkeri 1951 yilda qurilgan. U yadroviy hujum vaqtida hukumat amaldorlarini himoya qilişga möljallangan. Bunkerning taşqi tomoni tank zirhi va qalinligi 60 santimetrli beton bilan qoplangan.
Hozirda uning içida bitta tört xonali va ikkita uç xonali xonadon joylaşgan. Himoya qatlami saqlab qolingan xonadonlar dizaynerlar tomonidan muhtaşam qilib bezatilgan.

















