-67 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Asadxöja Möydinxöjayev turnirdagi uçinçi jangida yaponiyalik Sevonres Okazavaga qarşi ringga çiqdi. Yaponiyalik boksçi uç raundda ham ustunlik qildi va yakunda hakamlar uning 5:0 hisobidagi ğalabasini qayd etişdi. Şu tariqa Asadxöja Möydinxöjayev 1/8 finalda öz iştirokini yakunladi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Möydinxöjayev avvalgi bosqiçlarda irlandiyalik Brendon Makkiver va falastinlik Ahmed Harara ustidan ğalaba qozongandi.

-75 kg vazn toifasi vakili Saidjamşid Ja'farovning turnirdagi uçinçi raqibi ozarboyjonlik Mirşarif Kazimzade böldi. Ja'farov jangda töliq ustunlik qildi va 5:0 hisobida ğalaba qozondi. Ja'farov endi 2 noyabr kuni çorak final doirasida tailandlik Verapon Jongjohoga qarşi jang olib boradi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi
Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Ja'farov avvalgi bosqiçlarda slovakiyalik Lukas Fernetsa va yaponiyalik Yuito Marivakini mağlub etgandi.

-63,5 kg vazn toifasi vakili Mujibillo Tursunov Xitoy Taypeyi vakili Çu Yen Laiga qarşi ringga çiqdi. Hakamlar ilk raundda Çu Yenning ustunligini qayd etişdi. Özbekistonlik boksçi avvalgi jangida bölgani kabi iroda körsatib, ikkinçi va uçinçi raundlarni öz foydasiga hal qildi. Şu tariqa Tursunov jahon çempionatidagi ikkinçi ğalabasini qölga kiritib, musobaqaning çorak finaliga yöl oldi. U 2 noyabr kuni uşbu vazn toifasi favoriti, jahon va Olimpiya öyinlari ğolibi bölmiş kubalik Kruz Gomezga qarşi jangda yarimfinal yöllanmasini qölga kiritişga urinib köradi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi