U pandemiya davrida rözğor tebratişga qiynalib qolgani uçun Boyovut tumani hokimligi tomonidan «temir» va «ayollar» daftariga kiritilgan bölsa-da, hokimlik va mahalla tomonidan beriladigan yordam pullaridan voz keçgan. Ayol bu qarorini mahallada özidan-da qiyin şaroitda yaşab kelayotgan insonlar borligi bilan izohlab, yordam puli öşalarga berilişini söragan.

«Qaynonam olamdan ötganlaridan söng hayotimda qiyinçilik kunlari boşlangan. Şaharga borib ofitsiantlik qildim. Bolalarimga odamlardan qolgan burda nonlarni terib kelib yedirgan kunlarim böldi. Kunlik 18 ming söm uçun işladim. Karantin tufayli hammayoq yopilganidan söng dalalarda kunbay tarzda 20-25 ming söm uçun işladim. Bu mablağni rözğorga, farzandlarimni kiyim-keçagiga, kommunal tölovlarga amallab yetkazdim. Yöl haqini tejay deb uzoq bölsa ham piyoda borib kelardim. Farzandlarimni katta qilgunimça köp qiynaldim», deydi Zamira Muqimova.
Qahramonimiz hayotda sabr va matonat bilan, boriga qanoat qilib yaşaşni, doim oldinga harakat qiliş lozimligini öz oldiga şior qilib olgan. Hayot yöllarida bir neça bor qoqilişiga qaramasdan, har safar örnidan tura olgan. Öz ixtiyori bilan «ayollar daftari»dan çiqqan.
Pandemiya davrida kam ta'minlanganlar uçun beriladigan imtiyozli mablağlardan foydalanib, öz xonadonida oilaviy bolalar boğçasini yölga qöygan. Hozirda bu yerda 25 nafar bolani tarbiyalab kelmoqda.
«Farzandlarimning oyoq kiyimi ham yöq edi. Poyafzalni ertalab bir farzandim maktabga kiyib ketsa, kelganidan keyin boşqa bolam kiyib borib kelgan. Lekin birovga nolimadim.
Öşa davrlardan faqatgina sabr qilib ötdim. Taqdirimda şunday sinovlar bor ekan, men bundan minnatdorman. Farzandlarim soğ-omonligi menga baxt. Körgan qiyinçiliklarim bolalarimning soğligi oldida heç narsa emas. Inson halol bölsa, maqsad sari intilsa baribir erişar ekan», — deydi Zamira Muqimova.
Zamira Muqimova kelgusida oilaviy boğça faoliyatini kengaytirişni, oliy ma'lumotli böla turib, farzandining nogiron bölgani uçun işga çiqa olmayotgan ota-onalar uçun imkoniyati çeklangan bolalar boğçasi oçişni reja qilgan. Bir marta bölsa-da prezident bilan uçraşib, özining rejalari bilan örtoqlaşiş, biroz bölsada suhbat quriş – uning hayotdagi eng katta orzusi.















