Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq holatlarni foş etişga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Boş prokuratura matbuot xizmati Boyovut tumanidagi metan-zapravkada katta miqdorda gaz öğirlanişi holati yuzasidan jinoyat işi oçilib, MÇJ mansabdor şaxslari qölga olingani haqida xabar berdi.

«B. M.» MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalar jamiyatga qaraşli Boyovut tumani Beruniy mahallasida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida tijorat maqsadlarida noqonuniy daromad orttirişni közlab, hisoblagiç priboridan taşqari gaz tarmoğiga töğridan töğri özboşimçalik bilan ulanib, noqonuniy ravişda 62,5 mlrd sömlik 41 mln 666 ming metr tabiiy gazni öğirlagani aniqlandi», deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan «B. M.» MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, 2 nafar şaxs protsessual tartibda uşlangan.

Huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlarini foş etişga qaratilgan kuçaytirilgan reyd tadbirlari davom etayotgani, energiya resurslardan qonunga xilof ravişda foydalaniş holatlari foş etilişi va jazo muqarrarligi ta’minlanişi qayd etilgan.