2 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida navbatdagi videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Unda aholini sifatli uy-joy bilan ta'minlaş hamda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxşilaş maqsadida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi muhokama qilindi.

«Bu ikki masala ham juda muhim. Ikki sohada ham köp yillar davomida muammolar yiğilib qolgan. Partiyamiz «Inson qadri uçun» uçun şiori bilan çiqdi, saylov oldidan köp va'dalar berdik. Odamlar saylovlarga umid bilan çiqişdi, kelgusi 5 yilda yaxşi, xalqçil loyihalar kutişyapti.

Bugungi ikki masalaning barçasi joylardagi rahbarlarga boğliq. Sababi, zarur pullar ajratildi, uylar qurilişi bilan ipoteka dasturi ham yaratildi.

Aytiş joizki, sönggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi. Bu raqam oldingi yillarga soliştirganda 10 martadan ham köp. Bu köp albatta, lekin yetarli bölmayapti.

Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda, aholimiz kelgusi beş yilda 38 millionga yetişi kutilmoqda. Misol uçun, sönggi 30 yilda Namangan, Termiz va Xonobod şaharlari aholisi 2 baravarga, Qarşi, Jizzax, Marğilon, Nukus, Andijon, Zarafşon va Quvasoy aholisi 1,5 baravarga ösgan.

Samarqand va Namangan şaharlari aholisi 1 milliondan oşadi. Bularni inobatga olib, aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş uçun kelgusi beş yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurişimiz zarur.

Aytiş joizki, joylardagi saylovoldi uçraşuvlarida har bir hududda barça iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bölgan «Yangi Özbekiston massivlari»ni barpo etiş, bu orqali kelgusi beş yilda 250 mingdan ziyod xonadonlar qurişni reja qilganmiz.

Eng avvalo, «Yangi Özbekiston massivlari» kompleks rivojlaniş tamoyili asosida barpo etiladi. Bu nima degani? Bunda har bir massivga ajratiladigan yer uçastkalarida sanoat loyihalari, xizmat körsatiş obektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.