07:25 / 03.11.2021
3203

Facebook yuzni tanib olish tizimidan voz kechishga qaror qildi

Foto: stock.adobe.com

Meta kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yuzni tanib olish tizimidan ortiq foydalanmaydi. Foydalanuvchilarning biometrik ma'lumotlarning yig‘ilishi va saqlanishi yuzasidan bildirgan shikoyatlari bunga sabab bo‘lgan, deyiladi ijtimoiy tarmoq blogida.

«Ro‘yxatdan o‘tgan odamlar fotosuratlar va videotasvirlarda ortiq avtomatik tanib olinmaydi. Biz shuningdek, yuzni tanib olish bo‘yicha milliarddan ortiq individual shablonlarni ham o‘chiramiz», — degan kompaniyadagilar.

Meta kompaniyasidagilar hamon yuzni tanib olish texnologiyasini «o‘ta kuchli vosita» deb atashda davom etishmoqda.

Avvalroq Facebook foydalanuvchilarga fotosuratlarda belgilanishi mumkin bo‘lgan insonlarning variantlarini taqdim etar edi. Bundan tashqari, Facebook’dan ro‘yxatdan o‘tganlar o‘z ishtirokidagi fotosurat yoki videoni kimdir e'lon qilsa, bildirishnoma olishar edi.

Instagram, WhatsApp, Oculus kabi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ham kiruvchi Facebook’ning ona kompaniyasi o‘z nomini bir haftacha avval Meta deb o‘zgartirgan edi. Rebrending kompaniyaning kengayayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top