Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqişini oşirişga qaratilgan uşbu dastur UNICEF’ning Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondagi vakolatxonalari tomonidan qöllab-quvvatlanadi, deya yozmoqda Unicef.org.

«Dunyoning boşqa mamlakatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham turli sabablarga köra öğil bolalar va qizlar örtasida kompyuter savodxonligi, texnik ta'lim va kasb-hunar böyiça sezilarli farq saqlanib qolmoqda. UniSat ta'lim dasturi bu tafovutni qisqartirişga, qizlarni tegişli fan va texnologiyalarga rağbatlantirib, tegişli könikmalarga ega bölişlariga yordam beradi.

UniSat Özbekiston yoşlari örtasida texnologik sohalarda gender masalasiga keng jamoatçilik e'tiborini qaratişga yordam beradi», deydi UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Dastur davomida Özbekistonning barça viloyatlaridan tanlovdan ötgan 15-24 yoşli qizlar dasturlaş va muhandislik böyiça bilimlarini oşiriş, şuningdek, jamoada işlaş va loyihalarni boşqariş könikmalarini yaxşilaş imkoniyatlariga ega bölişadi. Iştirokçilar nano sun'iy yöldoşni loyihalaştirib, uni yiğadi hamda stratosferaga uçiradi. Bunda qizlarga professional muhandislar va dasturçilar jamoasi yordam beradi.

«Innovatsion rivojlaniş vazirligi UniSat dasturini qöllab-quvvatlaşdan mamnun. Özbekiston qizlari ilm-fan, muhandislik va ilğor texnologiyalar sohasida rivojlaniş uçun katta salohiyatga ega va biz qizlarni nanosun'iy yöldoşni uçirişda öz kuçlarini sinab körişga taklif qilamiz. Vazirlikda nano sun'iy yöldoşlarni loyihalaş va yiğiş uçun barça şart-şaroitga ega laboratoriya mavjud bölib, vazirlik eşiklari yoşlar uçun doim oçiq. Ehtimol, STEM sohalari sizning kelajakdagi kasbingizga aylanadi!», dedi Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Şahlo Turdiqulova.

Öquv dasturining yakuniy bosqiçida nano sun'iy yöldoşni yiğiş uçun uçta respublikadan qizlar Qozoğistondagi Al-Farobiy nomli institutda yiğilişadi. Nano sun'iy yöldoşni Özbekistonda uçiriş 2022 yil 12 apreliga rejalaştirilgan. Qizlarning özlari parvoz rejasini tuzib, aeronavigatsiya xizmati mutaxassislari nazorati ostida nano sun'iy yöldoşni Özbekistondagi maydondan uçiradi.

Işlab çiqilgan va stratosferaga uçirilgan nano sun'iy yöldoş qizlarga Yer va yulduzlarning yuqori aniqlikdagi suratlarini oliş imkonini beradi. Örnatilgan sensorlar kelajakda ilmiy tadqiqotlar uçun foydali bölişi mumkin bölgan ma'lumotlarni töplaydi.