Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga köra, uşbu şaxsdan aşyoviy dalillar sifatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi internet dökonlarni reklama qiluvçi 1093ta flayerlar olib qöyilgan.

Qayd etilişiça, suhbat davomida fuqaro özi bilan «Telegram» orqali boşqa bir şaxs boğlanib, flayerlar tarqatiş yöli bilan daromad taklif qilganini aytgan. 

Joriy yil 29 oktyabr kuni uşbu şaxs qölga olingan fuqaroga 1750-1800ta flayerlar bergan. Flayerlarning bir qismi Yaşnobod va Mirobod tumanlarida tarqatilgan.

Keyinçalik, tergovoldi tekşiruvi davomida, 2003 yilda tuğilgan F.K. qölga olindi. U joriy yil sentyabr oyida maxsus sayt orqali flayerlar tarqatiş bilan boğliq iş topganini ma'lum qilgan. Flayerlarni u tayyor holda Mirzo Uluğbek tumanidagi bosmaxonadan olgan. Tez orada bosmaxona işçilari, 23 yoşli R.R. va 36 yoşli D.X. qölga olingan. Aşyoviy dalillar sifatida 6000ta tayyor flayerlar olib qöyilgan.

Mazkur fakt asosida töplangan hujjatlar Mirobod tumani IIO FMBga yönaltirildi, deyiladi ma'lumotda.