Qayd etilishicha, Koreya bandlik va mehnat vaziri An Kyon Duk bir guruh mehnat migrantlari bilan muloqot chog‘ida mamlakatda karantin choralari yumshatilishi haqida ma'lum qilgan.

Rejaga muvofiq, noyabr oyining oxiridan boshlab Janubiy Koreya hududiga xorijdan kirib kelayotgan mehnat migrantlari soni oshiriladi.

Migrantlarning ushbu davlatga kirib kelishi bo‘yicha o‘rnatilgan haftalik va oylik cheklovlar ham olib tashlanishi rejalashtirilgan. Buning uchun fuqarolar o‘z yurtlarida koronavirusga qarshi yakuniy emlangani va manfiy PsR test natijasiga ega bo‘lishi shart.

Janubiy Koreya tomonining ma'lum qilishicha, pandemiya oqibatlarida mamlakatga kirib kelayotgan mehnat migrantlari yillik soni 50 mingdan 7 mingga tushib ketgan. Kichik va o‘rta biznes korxonalari, fermer xo‘jaliklari ishchi kuchi yetishmasligidan jiddiy zarar ko‘rmoqda.

Avvalroq, o‘zbekistonlik migrantlarning Koreyaga kirishini qisman tiklash rejalashtirilayotgani xabar berilgandi.