Aytiş joiz, Planetariy bir neça yillar davomida e'tibordan çetda qolgan va abgor holatga kelib qolgan edi. Majmua rahbariyatining sa'y-harakatlari bilan bu makon obod manzilga aylantirilmoqda. Albatta, muammolar yetarliça. Lavhamiz davomida özingiz guvoh bölişingiz mumkin.

Majmua hovlisi qarovsiz ahvolda yotgan, daraxtlar quriy boşlagan, suğoriş tizimi işdan çiqqan, yaşil hudud qovjiray boşlagan. Majmua içi esa talabga mutlaqo javob bermaydigan ahvolga kelib qolgan edi: dekoratsiyalar, örindiqlar, urnalar, eksponatlar eskirgan, singan, buzilgan...

19 nafar xodim işlaydigan majmua öz imkoniyatlari va homiylik mablağlari hisobidan 7 yil deganda ozmi-köpmi tuzukroq holatga keltirildi. Afsuski, şahar hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan Planetariyga e'tibor yetarli emas.

Eskirgan inventarlar turli buzilgan park va saroylarda “spisat” qilingan inventarlarga almaştirildi: “Turkiston” saroyidan foydalanilgan, eski, biroq yaroqli örindiqlar, Uçtepa tumanidagi madaniyat va istirohat boğidan olib taşlanib, çiqitga çiqarilgan urnalar keltirildi va örnatildi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining bitiruv diplom işi ölaroq kiraverişdagi panno çizdirildi.

Qisqasi, yaxşi mablağ va e'tibor berilsa, oz fursat içida gullab-yaşnagan maskanga aylantirib qöyiş mumkin bölgan Planetariy 7 yil deganda oz-ozdan, asta-sekin obod qilib borildi. Biroq hanuz kamçiliklar bisyor, qilinişi kerak bölgan işlar yetarli.

Ayniqsa, xodimlar rağbatlantirilişi borasida ahvol açinarli. Oyiga 700-800 ming söm maoşga işlaydigan astronomiya fidoyilariga haykal qöysa arziydi, ta'bir joiz bölsa. Bu yerdagi işçilarni fidoyilik, entuziazm uşlab turibdi.

Biz körsatuvni suratga olgaç, uni tayyorlaşimiz asnosida Planetariy rahbari majmuaga yuqori darajada e'tibor berişga va'da berilganini xabar qildi. Kerakli mablağ ajratiş va material-texnik bazani mustahkamlaşga va'dalar berilgan, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi va Ekologiya qömitasi Planetariy hovlisidagi qarovsiz daraxtlarni butab, suğoriş tizimini rekonstruksiya qilib berişga bel boğlaşgan.