Klublar örtasida nufuzi böyiça Osiyoning ikkinçi darajali turniri OFK kubogi finali doirasida «Nasaf» safarda «Al Muharraq» jamoasiga qarşi maydonga tuşib, mağlubiyatga uçradi.

Uçraşuvning 2-daqiqasidayoq Al Mardi uzoq masofadan «Nasaf» darvozasi «töqqizligi»ni nişonga oldi – 1:0.

Foto: Nasaf FK

Bölim yakuniga qadar Röziqul Berdiyev şogirdlari vaziyatni önglaş harakatida töp surişdi, ammo bölim mezbonlarning kiçik ustunligi bilan yakuniga yetdi.

Ikkinçi bölimda ham «Nasaf»ning har bir xatosini bahraynliklar gol bilan jazolaşdi. 74-daqiqada Husayn Sabba, 79-daqiqada esa braziliyalik Flavio gol urib, amalda öyin taqdirini hal etdi. Natijada, «Al Muharraq» yirik hisobli ğalaba bilan öz tarixida ikkinçi marta OFK kubogi sohibiga aylandi. Qarşi jamoasi esa turnir finalçisi sifatida 750 ming AQŞ dollari pul mukofotiga ega böldi.

Foto: Nasaf FK

OFK kubogi-2021, Final
«Al Muharraq» (Bahrayn) - «Nasaf» - 3:0
Hakam: Ko Hyong Jin (Janubiy Koreya)
Gollar: Mahmud Al Mardi 2, Husayn Sabba 74, Flavio 79.
«Nasaf»: 1. Umidjon Ergaşev, 8.Dilşod Saitov, 5. Ğolib Ğaybullayev, 92. Umar Eşmurodov, 88. Marko Stanoyeviç, 10. Bahrom Abdurahimov, 22.Akmal Mozgovoy (50. Şoxmalik Komilov, 79), 77. Oybek Bozorov, 20.Suhrob Nurulloyev (99.Andriya Kaluderoviç, 74) 19. Husayn Norçayev.
Zaxiradagilar: 13. Azamat Soyibov, 2. Alibek Davronov, 15. Jörabek Mannonov, 28. Sardor Sadullayev, 71. Jasur Jumayev, 7. Doniyor Narzullayev, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 55. Şahzod Akramov.
«Al Muharraq»: 21.Sayid Abbos, 3.Volid Hayyom, 5.Amine Benaddi, 7.Mahmud Al Mardi, 8.Nur Al Ravajbeh, 10.Ablulvahob Al Ma'lud (4.Abdulrahmon Ahmadi, 83), 13.Ahmad Soleh (2.Husayn Sabba, 70), 14.Flavio Çeveresan, 27.Muhammad Al Banna, 55.Mozes Jona, 99.Raşid Al Xuti. 
Ogohlantiriş: Ğolib Ğaybullayev, 30.