Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat taşqi işlar, taşqi savdo va investitsiyalar vazirligi nomini özgartiriş töğrisidagi farmonni imzoladi.

«Farmonga muvofiq, vazirlik nomi Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi deb özgartirildi. «Taşqi savdo va investitsiyalar» sözlari olib taşlandi», — deyiladi Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Vazirlik nomi ötgan oy örtalarida taşqi işlar, taşqi savdo va investitsiyalar vazirligi deb özgartirilgandi. Bu taşabbus mamlakat vazirlar mahkamasi rahbari Akilbek Japarovdan çiqqandi.

Uning fikriça, taşqi işlar mahkamasi xorijlik investorlarni jalb etiş kabi qöşimça vazifalarni ham öz zimmasiga olişi lozim.