Janubiy Koreyaga ötib ketgan qoçqinlarning ma'lum qilişiça, Koreya yarimorolining şimolidagi oilalar oçlik bilan yuzma-yuz kelişmoqda. Qiş yaqinlaşar ekan, zaif odamlarning oçlikdan ölib qoliş xavotir va xatarlari ortmoqda.

Şimoliy Koreyada manbalariga ega Daily NK gazetasi boş muharriri Li Sang Yongning ma'lum qilişiça, mamlakatda yetim bolalar soni ortgan, ölim holatlari köpaygan.

«Şimoliy Koreyadagi quyi tabaqalar tobora köproq azob çekmoqda, çunki oziq-ovqat tanqisligi kutilganidan ham yomonroq», deydi Li Sang Yong.

Covid-19 sabab mamlakat çegaralari yopilişi natijasida Şimoliy Koreyadan ma'lumot oliş qiyinlaşib ketgan.

Ruxsatsiz uyali telefon bilan uşlangan har bir kişi mehnat lageriga taşlanişi mumkin. Şunga qaramay, ba'zilar hanuz öz yaqinlariga va Seuldagi naşrlarga xat yoki ovozli poçta xabari yuborişga harakat qilişmoqda.

«Har bitta guruç donasi qadrlanadi»

Şimoliy Koreya ança paytdan beri oziq-ovqat taqçilligi bilan kuraşib keladi, ammo pandemiya şundoğam oğir vaziyatni yanada yomonlaştirdi. Mamlakat rahbari Kim Çen In hozirgi vaziyatni 1990-yillarda yuz minglab odamlar halokatiga sabab bölgan dahşatli ofat bilan qiyoslagan.

Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In
Foto: Reuters

Ba'zi umid beruvçi belgilar mavjud. Şimoliy Koreya Xitoy bilan çegarani qayta oçişga tayyorlanayotganga öxşamoqda, ammo qaşşoq mamlakatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplaş uçun qança yordam kerakligi noma'lum.

BMT hisob-kitoblariga köra, Şimoliy Koreya kamida 2-3 oy oziq-ovqat tanqisligidan aziyat çekişi mumkin.

Xabarlarga köra, Kim Çen In mamlakatdagi har bir guruç donining xavfsizligini ta'minlaş böyiça körsatma bergan.

«Yiğim-terim jarayonida yöqotişlarni minimallaştiriş uçun reja işlab çiqilgan. Unda öğrilik yoki firibgarlik holatlari qayd etilsa, qattiq jazo qöllanişi belgilangan. Bu qörquv muhitini yaratmoqda», deyiladi Daily NK gazetasida.

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) ma'lumotlariga köra, ötgan hafta bölib ötgan parlament yiğilişida Kim Çen In mamlakatdagi oğir iqtisodiy vaziyat tufayli özini «yupqa muz ustida yurayotganday» his qilayotganini aytgan.