Qayd etilişiça, Tursunali Qöziyev 2021 yilning 5 noyabridan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvçisi sifatida iş boşlagan.
Tursunali Qöziyev 1954 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan, grafik rassom, kandakor, foto san'ati ustasi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini (1982) tugatgan.
U iş faoliyati davomida Respublika rassomlik bilim yurti direktori (1993—95), prezident devoni mas'ul xodimi (1995—96), madaniyat işlari vazirining birinçi örinbosari (1996—97), Badiiy akademiya raisi bölib işlagan. 1999 yilda Özbekiston Respublikasi san'at arbobi unvoni bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qaror qabul qilingandi.
Quyidagilar agentlikning vazifalari etib belgilandi: moddiy madaniy meros obektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritiş; moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlarida asraşga doir işlarni amalga oşiriş, buyurtmaçi funksiyasini bajariş; milliy muzey fondining davlat katalogini yuritiş; tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qiliş; arxeologiya tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaş, arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qiliş; madaniy boyliklarni muhofaza qiliş, şu jumladan ularning Özbekiston hududidan olib çiqilişi va uning hududiga olib kirilişi böyiça sertifikat beriş va boşqalar.













