Kosta-Rikada 5 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalar uçun koronavirusga qarşi vaksinani majburiy deb e'lon qilindi. Bolalarni emlaş reja böyiça 2022 yilning mart oyida boşlanadi.

“Öğil va qiz bolalar manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Emlaş va epidemiolgiya milliy komissiyasi Covid-19’ga qarşi emlaş barça bolalar uçun majburiy bölişi haqida qaror çiqardi”, - deya e'lon qildi Kosta-Rika soğliqni saqlaş vazirligi.

Vazirlik koronavirusga qarşi emlaşni joriy yilning mart oyidayoq aholi uçun majburiy emlaşlar röyxatiga kiritgandi. Endi esa qoida bolalar uçun amal qiladi.

Bolalarga vaksina 10 mkg.dan ikki bosqiçda kiritiladi. Bu miqdor ösmirlar va kattalar oladigan dozaning uçdan bir qismini taşkil qiladi. Emlaş bosqiçlari 3 haftalik interval bilan amalga oşiriladi.

Tico Times naşrining aniqlik kiritişiça, Kosta-Rikada Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan maxsus röyxatga kiritilgan yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş qonunga köra majburiydir. Aholisi 5 million kişidan iborat Kosta-Rikada koronavirusga qarşi emlaniş körsatkiçi 55 foizga teng. 12 va undan katta yoşdagi aholining 70 foizi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan.

Kosta-rikalik bolalarni emlaş reja böyiça kelasi yilning mart oyida boşlanadi. Mamlakat AQŞning Pfizer kompaniyasi bilan 3,5 mln doza vaksina yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi. Ulardan 1,5 millioni bolalar uçun maxsus dozalar böladi. Qolgan 2 mln doza kattalar uçun uçinçi bosqiçda qöllanadigan vaksinalardir.

Bu haftda Pfizer/BioNTech vaksinasi 11 yoşgaça bölgan bolalar uçun AQŞda rasman tasdiqlandi. Amerika oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qiliş boşqarmasi (FDA) sinovlar natijalariga köra, emlaş 91 foiz holatda koronavirusga çalinişning oldini oladi va jiddiy nojöya ta'sirlarni keltirib çiqarmaydi degan xulosaga keldi.

Bolalar koronavirusning oğir şakli bilan kamdan kam kasallanadi. Biroq tibbiyot xodimlari emlaş koronavirus tarqalişining oldini olişiga işonç bildirişmoqda. AQŞda mazkur qaror 28 million yoş amerikaliklarni emlaş uçun yöl oçdi, biroq AQŞda emlaş Kosta-Rikadagi kabi bolalar uçun majburiy deb e'lon qilinmadi.