“Nima bilan şuğullanişimga kelsak... Siyosat bilan boşqa şuğullanmayman. Avval aytganimdek, dastlab biroz dam olaman, keyin köramiz, miyamga nima kelarkin”, deb aytgan kansler va navbati bilan “mutolaa qilişi va uxlaşini” qöşimça qilgan.
“Fikrimça, keyin miyamga boşqa rejalar ham keladi. Köplab yillar davomida öz e'tiborimni menga berilgan kun tartibiga qaratganman va har doim şay holatda bölişimga töğri kelgan”, deb ta'kidlab ötgan Merkel. Uning ta'kidlaşiça, “hukumatning asosiy vazifalaridan biri yuz beradigan voqealarga darhol javob berişdan iborat”. “Hozir esa nima qilgim kelişiga qarayman. Bu ikki oylardan keyin ma'lum böladi”, deb qöşimça qilgan siyosatçi. U uşbu intervyusi kansler lavozimidagi oxirgi intervyularidan biri ekanini tan olgan.
“Men lavozimdagi oxirgi kunlarda öziga xos xayrlaşuv turnesini amalga oşirmoqdaman va bir tomondan, baxtliman. Keyin, albatta, biroz xafa bölaman, çunki işim menga doim zavq keltirgan va hamon keltirmoqda”, deb aytgan Merkel. U şu bilan birga “lavozimdagi oxirgi kungaça diqqat-eʼtiborni susaytirmaslik kerakligini” qöşimça qilgan. “Temir frau”, şuningdek, uning siyosatidan norozilar borligini tan olgan.
Kansler xonim muzokaralar vaqtida, jumladan döstona davlatlar rahbarlari bilan ötgan uçraşuvlarda hamişa Germaniya manfaatlaridan kelib çiqib yöl tutganini ta'kidlab ötgan. “Bizni umumiy qadriyatlar, demokratiyaga umumiy qaraşlar birlaştiradi. Biroq kimdadir dunyoga boşqaça qaraş bölsa, biz baribir unga quloq tutişimiz lozim. Çunki bir-birimizni eşitmasak, unda yeçimlar topa olmaymiz”, deb qöşimça qilgan Merkel.
U siyosiy faoliyatning asosiy qoidalariga töxtalib, “siyosat bilan şuğullaniş san'ati qolgan jihatlar qatori kelajakka haddan taşqari köp rejalar tuzmaslik va bajara olmaydigan majburiyatlarni öz zimmangga olmaslikdan iboratligi” haqidagi fikrni bildirgan. “Bundan mening kayfiyatim, sen va'da bergan odamlarning kayfiyati buziladi”, deb aytgan siyosatçi. U “qayerdan ğayrat olişi” haqidagi savolga “tabiatdan, boğdagi işlardan va ba'zida hamma narsani unutişdan” kuç olişini aytgan.
24 oktyabrda Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer Merkelga va uning hukumati a'zolariga öz lavozimlaridan böşatilganlari haqidagi yorliqlarni topşirgan. Biroq ular yangi hukumat şakllantirilmagungaça öz vazifalarini bajarişni davom ettiradilar. Germaniyaning yangi kansleri dekabrda saylanişi kutilmoqda.

















