"Bu haqda Şavkat Mirziyoyev Navoiy va Jizzax viloyatlarida bölgan saylovoldi uçraşuvlarida aytgan edi. Yiğilişda şu boradagi aniq rejalar va erişiladigan natijalar körib çiqildi.

Hududda ekoturizmni rivojlantiriş uçun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta'minlaş, bioxilma-xillikni asraş kerakligi ta'kidlandi. Köllar atrofida qöşimça sayyohlik zonalari va dam oliş maskanlari barpo etiş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Şu bilan birga, Aydar-Arnasoy köllar tizimining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu yerda baliqçilikni yanada rivojlantiriş kerakligiga urğu berildi.

Bugungi kunda uşbu hududdan yiliga bor-yöği 4 ming tonna baliq ovlanmoqda. Şaroit yaratiş va işlarni tizimli taşkil qiliş hisobiga, bu hajmni 20 ming tonnaga yetkaziş va bu orqali yangi iş örinlari yaratiş mumkin. Şu bois, tadbirkorlarni jalb qilib, köllarni ijaraga bergan holda, klaster usulida baliq yetiştiriş böyiça körsatmalar berildi.

Şunday loyihalarni köpaytiriş, kreditlar ajratib, har tomonlama qöllab-quvvatlaş zarurligi ta'kidlandi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy köllar tizimining ekologik holatini yaxşilaş böyiça dastur qabul qiliş vazifasi qöyilgan. Uning doirasida köllar tizimida suv sathini barqaror saqlaş va şörlaniş darajasini kamaytiriş çoralari köriladi. Qirğoqlar böyidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.

Hududda ekologik xavfsizlikni kuçaytiriş, brokonerlik va boşqa huquqbuzarlikning oldini oliş böyiça ham topşiriqlar berilgan.