Ta'kidlanişiça, BMTning xavfsizlik departamenti xodimlari hibsga olingan hamkasblari yoniga taşrif buyurişgan. Şuningdek, mamlakat taşqi işlar vazirligiga BMT xodimlarini ozod qiliş talabi bilan nota yöllangan.
Avvalroq Efiopiyada aholini “Tigray ozodlik xalq fronti” jangarilaridan himoyalaş maqsadida favqulodda vaziyat rejimi kiritilgandi.
Mamlakat şimolida 2020 yil noyabrdan beri hukumat qöşinlari va tigraylik ayirmaçilar örtasida töqnaşuvlar davom etib kelmoqda. Tomonlar örtasidagi ixtilofga ayirmaçilarning Tigray ştatidagi harbiy bazaga hujumi va hukumatning bunga javoban ayirmaçilarga qarşi harbiy amaliyotni boşlagani sabab bölgan.
Sentyabr oxirida Efiopiya hukumati BMTning mamlakatdagi 7 xodimini “persona non grata” deb e'lon qilgandi va ulardan mamlakatdan 72 soat içida çiqib ketişni talab qilgandi. Addis-Abeba ularni tigraylik ayirmaçilarni qöllab-quvvatlaşda ayblagandi.
Avvalroq “Tigrayni ozod qiliş xalq fronti” hukumatga qarşi boşqa 8 ta ayirmaçi guruh bilan birlaşgani ma'lum qilingandi.












