Haqqini talab qilgan yigitni qarzdorning ukasi tiriklay cho‘ktirib yuborish bilan qo‘rqitgan
Namangan viloyatidagi o‘quv markazlaridan birida ishlagan yigit oyligini talab qilishi ortidan muassasa egasining ukasi tomonidan o‘lim bilan qo‘rqitilgan. Bu haqda Kun.uz`ga jabrlanuvchining yaqinlari ma'lum qilgan.
U.R. ismli fuqaro Namangan viloyatidagi o‘quv markazlaridan birida ma'lum muddat ishlaydi va markaz rahbari X.A. bilan abituriyentlar o‘qishga kiradigan bo‘lsa, 1200 dollarga haq olishiga kelishgan. Fuqaro kelishilgan tartibda o‘z ishini bajargan bo‘lsa-da markaz rahbari unga va'da qilingan pullarni bermaydi va paysalga solib keladi. Orada nizo chiqqanidan so‘ng voqeaga o‘quv markazi egasining ukasi X.A. aralashadi. U esa haqdorni qo‘rqitib akasini qaytib bezovta qilmasligi uchun harakat boshlaydi.
2021 yil 28 avgust kuni tunda fuqaro X.A. o‘quv markazi rahbari bo‘lgan akasi X.A.da 1200 dollar haqqi bo‘lgan U.R. ga pullarni bermaslik va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida Sirdaryo bo‘yiga aldov yo‘li bilan olib borgan. Tergov hulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi haqdorning qo‘l-oyog‘ini bog‘lagan va haqqini qaytib so‘ramasligini, so‘raydigan bo‘lsa qo‘l-oyog‘ini bog‘lab suvga tashlab yuborish bilan qo‘rqitgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ayblanuvchi X.A.ga Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi, 138-moddasi 2-qismi “a” bandi va 165-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilingan va prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024