Pop tuman hokimi qarorlariga ishonib, uzoq yillar davomida obod qilingan ushbu maskan tuman hokimining avvalgi qarorlarini bekor qilishi natijasida buzilish xavfi ostida qoldi.
Keyinchalik Pop tuman ma'muriy sudi “Burgut” maskanini buzish haqidagi hokim qarorini bekor qildi.
Pop tuman hokimligi kurashdan chiqqanidan so‘ng, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi “Burgut” maskanini buzdirish harakatiga tushib qoladi.
Xususan, “Qamchiqavtoyo‘l” Norin tuman ma'muriy sudiga shikoyat bilan murojaat qilib, Pop tuman hokimligiga nisbatan hokimning 2016 yil 25 oktyabrdagi 1803-sonli, 2018 yil 10 dekabrdagi 2425-sonli, 2019 yil 14 sentyabrdagi 4526-sonli hamda 2019 yil 18 dekabrdagi 4966-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida hal qiluv qarori chiqarishni so‘raydi.
“Qamchiqavtoyo‘l” sudda Pop tuman hokimining tadbirkorga yer ajratish bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-sonli “Avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash va tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga zid ravishda qabul qilinganini, yo‘l chetidagi qurilishlar avtomobil yo‘lining me'yoriy norma va qoidalariga nomuvofiq tarzda qurilganini bildiradi.
Norin tuman ma'muriy sudining 2020 yil 24 dekabrgi hal qiluv qarori bilan arizachi “Qamchiqavtoyo‘l” shikoyati rad qilinadi. Sud bunga asos sifatida Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks 186-moddasida belgilangan sudga murojaat qilish uchun 3 oylik muddatni uzrli sabablarsiz o‘tkazib yuborganini keltiradi.
“Qamchiqavtoyo‘l”ning apellyatsiya shikoyati ham Namangan viloyat ma'muriy sudining 2021 yil 17 mart kungi qarori bilan qanoatlantirishdan rad etiladi.
Shundan so‘ng, “Qamchiqavtoyo‘l” Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qiladi.
Buni qarangki, Oliy sudda 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida quyi instansiya sudlarining qarorlari bekor qilinib, tadbirkorning zarariga ishlaydigan qaror qabul qilindi.
Sudni bevosita kuzatgan jamoatchilik vakillari Oliy sudning qaroriga qo‘shilmasligini bildirdi. Xususan, huquqshunos Saidali Muxtoraliyev davlat tashkilotlari foydasiga kelganda so‘zsiz ishlaydigan da'vo muddatlari tadbirkorga kelganda ishlamay qolganini afsus bilan















