Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida transformator portlab yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 9 noyabr kuni soat 18:34 da Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga «Pudina» MFY Ziyoratgoh köçasida joylaşgan transformatorda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Xabarga köra, bitta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan. Transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmoğidan uzilgandan söng yonğin soat 19:22 da töliq bartaraf etilgan.
Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim halok bölmagan, tan jarohati olmagan. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Bulunğur tumanining bir qança mahallalarini çiroq bilan ta'minlaydigan nimstansiyada yonğin yuz bergandi.
P.S. Mutaxassislarning aytişiça, kunlar sovigaç elektr energiyasi iste'moli oşadi va ança yillardan buyon foydalanib kelinayotgan eski transformatorlar portlaydi, yonib ketadi.












