Andijon viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, audioyozuvdagi ovoz haqiqatan ham Bahromjon Haydarovga tegişli.
Fuqaro tomonidan aytilayotgan ijara haqi va uyini tiklaş töğrisidagi holat yuzasidan örganişlar olib borilgan.
«Örganiş davomida fuqaro O.N istiqomat qiladigan A. Navoiy şoh köçasi 57-sonli ikki qavatli uyi "snos"ga tuşganligi, hozirgi kunda «Sulton xaus» MÇJ quriliş firmasi tomonidan şu joyga köp qavatli uy-joy majmuasini quriliş işlari olib borilayotganligi sababli, fuqaro O.N ijaraga çiqarilib, unga ijara pullari doimiy ravişda tölab kelinmoqda.
Bundan taşqari, fuqaro O.N Andijon şahar hokimiga doimiy ravişda (kunu tun) 10-15 martadan telefon qönğiroqlarini amalga oşirib, 2-xonali 52 kv.metrdan iborat bölgan xona joyiga «Sulton xaus» MÇJdan şahar markazidan 400 kv.metrdan iborat bölgan uy-joy va "Jyentra" avtomobili undirib berişini aytib, şahar hokimini doimiy obrösizlantirib kelgan.
Vaholanki, uşbu fuqaro O.N.ning uşbu xonadonga nisbatan uy-joyga bölgan egalik huquqi mavjud emasligi ma'lum böldi. Aslida esa uy-joy onasining nomida ekanligi va «Sulton xaus» MÇJ quriliş firmasi hamda fuqaro O.N.ning onasi örtasida özaro kelişgan holda yangi qurilayotgan uy-joydan xonadon ajratib beriş haqida kelişuvga erişilgan.
Bugungi kun holatiga fuqaro O.N.ning onasi (uyning asl egasi)ga ijara uçun tölanişi lozim bölgan pullar tölaligiça tölab berilgan», deyiladi hokimlik xabarida.
Bundan taşqari, Andijon şahar hokimining fuqaro bilan muloqoti davomida işlatgan haqoratli sözlari uçun Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida huquqiy baho berilişi ma'lum qilingan.











