Flightradar24 servisi ma'lumotlariga köra, 9 noyabr kuni Minsk xalqaro aeroportiga Istanbul, Bağdod va Dubaydan önga yaqin reys uçib kelgan (bu sayt charter parvozlarni hamişa ham qayd etmaydi).
Avvalgi kunlarda bölgani kabi bu reyslarning aksar yölovçilari - Belarus hukumati ovoza qilmagan holda qöllayotgan, bu mamlakat hududidan Yevropa Ittifoqi davlatlariga boriş uçun tranzit punkt sifatida foydalanişni maqsad qilgan migrantlardir.
Qisqaça: migratsiya inqirozi qanday boşlandi
2020-2021 yillarda Belarus hukumati 76 davlat bilan vizali rejimni bekor qildi yoki soddalaştirdi. Bunday davlatlar qatorida - uruşlar va qurolli nizolar qamrab olgan hamda tinç aholisi ketişga harakat qilayotgan Suriya, Liviya, Iroq va Afğoniston kabi davlatlar ham bor edi.
Suriya, Iroq va Turkiyadagi turistik agentliklar Belarusga sayohatlarni reklama qilib, şu bilan birga turar joy va YeI davlatlarida iş taklif etişga kirişdi. Mintaqada keng foydalaniladigan WhatsApp messenjerida şu kabi yuzlab takliflar paydo böldi.
Bunday «sayohat» taklif etilgan şaroitlarga qarab 10 ming dollardan 20 ming dollargaça turadi. DW naşri öz suriştiruvida Belarus konsulliklari şunday turfirmalarga sayohatçilarning pasportlariga Belarus vizalarini qöyib beriş huquqini ham berganini aniqladi.
2021 yildan Belarusga Yaqin Şarq mamlakatlaridan aviareyslar soni keskin oşdi. YeI davlatlari, masalan, Fransiya TIV bu turfirmalar takliflari aynan Belarus hukumati taşabbusi ekanini taxmin qildi.

Migrantlar qayerlardan kelmoqda?
2021 yil yozida bu borada Iroq yetakçi edi. Sentyabrda YeIning Taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel uşbu mamlakat rahbariyati bilan Belarusga reyslar sonini qisqartiriş böyiça kelişuvga erişdi.
Endilikda YeIga Belarus orqali ötib olişga urinayotgan migrantlarning asosiy qismi Suriya şimolidagi kurdlardir. Öz mamlakatida ularga ham hukumat, ham IŞID jangarilari tahdid soladi.
Şuningdek, Liviya, Afğoniston, Yaman va Afrikaning qator davlatlari, siyosiy va diniy sabablarga köra qurolli nizolar bölib turgan Kongo va Efiopiya kabi davlatlardan ham qoçqinlar köp.












