Taşkilot doirasidagi köp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi. Kengaşga a'zo davlatlar örtasidagi konstruktiv muloqot jadal rivojlanayotgani va amaliy hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.

Ta'kidlanişiça, keyingi yillarda Özbekistonning Turkiy kengaş mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobarga ortdi, qöşma korxona va loyihalar soni 4 mingtaga yaqinlaşdi. Joriy yilda mamlakatda taşkilotning qator muhim tadbirlari, jumladan, Xiva şahrida madaniyat vazirlari, Qöqon şahrida turizm vazirlarining uçraşuvlari, Toşkent şahrida yoşlar forumi ötkazildi.

Şavkat Mirziyoyev butun mintaqa barqarorligi va ravnaqini ta'minlaşga qaratilgan muhim loyiha va dasturlarni ilgari surişda kengaş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş muhim ekanini alohida ta'kidladi.

Uçraşuv davomida boş kotib Boğdod Amreyev Şavkat Mirziyoyevga bölajak sammitga tayyorgarlikning borişi, tadbir dasturi va kun tartibidagi masalalar töğrisida ma'lumot berdi.