Afğonistonning Nangarhor viloyati Spingar tumanidagi masjidda sodir bölgan portlaş oqibatida uç kişi halok böldi, 18 kişi jarohatlandi. Bu haqda Afghanistan International telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, portlaş juma namozi vaqtida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, xudkuş-terrorçi namoz vaqtida portlatiş qurilmasini işga tuşirgan. Halok bölganlar orasida ikki nafar bola va masjid imomi borligi aytilmoqda.

Etilaat Roz gazetasining xabarida aytilişiça, halok bölganlar va yaralanganlar soni bir neça ön kişini taşkil etişi mumkin.

Noyabr boşlarida Nangarhor viloyati markazi Jalolobod şahrida kuçli portlaş sodir etilgandi.