Avstriya hukumati koronavirusga qarşi emlanmagan barça fuqarolarga nisbatan qat'iy çeklovlar kiritmoqçi. Mamlakat kansleri Aleksandr Şallenbergning ma'lum qilişiça, hukumat hududlar rahbarlari bilan muhokamadan keyin bunday çoralarni 14 noyabrdan kiritişni möljallamoqda.

Kansler aholining emlangan uçdan ikki qismi qolgan emlanmaganlar “kasriga qolmasligi kerakligini” aytgan va umummilliy lokdaun kiritilişi ğoyasini rad etgan. Biroq şu bilan birga, emlanganlarga nisbatan ham qandaydir çeklovlar kiritilişi mumkin, ammo virusga qarşi emlanmaganlar Rojdestvo va Yangi yilni “komfort şaroitlar”da kuta olmaydilar.

Avstriya yetakçisining ta'kidlaşiça, mamlakatda emlaş darajasi “şarmandali darajada past”. Ayni vaqtda avstriyaliklarning 65 foizi ikki doza vaksina olgan va bu Yevropadagi eng past körsatkiçlardan biri hisoblanadi.

Avstriyada oxirgi 7 kun içida 67 mingdan köproq kasallaniş holati qayd etilgan va bu mamlakat uçun yangi antirekord hisoblanadi.