Farg‘ona shahridagi 1-sonli bolalar uyi faoliyati bilan tanishish maqsadida mazkur maskanga kirdik. Bu yerda hammasi boshqacha edi. Bolalar uyidagi bolalarga xodimlarning barchasi birdek onalik qilardi. Maskanda tarbiyalanayotgan bolalar bor mehrni mana shu xodimlardan olardi...

Foto: Kun.uz

Bolalar uyi direktori Faridaxon Xoldorovaning ma'lum qilishicha, maskanda yil boshida 46 nafar bola tarbiyalangan. Hozirda bolalar uyida 28 nafar bola qolgan. Kimningdir yaqinlari olib ketgan. Yana kimlardir vasiylikka, oilalarga bolalikka berilgan.

Foto: Kun.uz

Bolalar uyida yangi tug‘ilgan chaqaloqdan to 7 yoshga kirgan bolagacha tarbiyalanar ekan.

Tarbiyalanayotgan bolalardan ba'zi birlari o‘zlari yod olgan she'rni aytib berdi. Ularning ko‘pi ota-ona haqida she'r bilar ekan.

Foto: Kun.uz

Qaysi bir bola ota-onasi borligini bilmaydi. Bilganlari esa bir kun kelib ularni olib ketishlarini kutib yashaydi...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri