“Britaniya qurolli kuçlari harbiylarining kiçik guruhi Polşa hukumati bilan mavjud kelişuvga köra, Polşaga yuborildi. Harbiylar Belarus bilan çegaradagi vaziyatni hal qiliş uçun qanday muhandislik yordami körsata olişimizga baho beradi”, deb aytilgan mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Polşa mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak britaniyalik harbiylar Polşaga Belarus bilan çegaradagi tösiqni mustahkamlaşda yordam berişini ma'lum qilgan.
Yozda Belarusning Polşa va Boltiqböyi davlatlari bilan çegarasida Ğarbiy Yevropaga ötişga urinayotgan Yaqin Şarq va Afrikadan qoçqinlar oqimi köpaygandi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minsk qoçqinlar oqimini boşqa uşlab turmasligini, çunki Ğarb sanksiyalari sababli mamlakatda “bunga na kuç va na pul borligi”ni aytgan.












