Myanma sudi terrorçilik faoliyati va isyonga da'vat qilişda ayblangan amerikalik jurnalist Denni Fensterni 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Frontier Myanmar internet jurnali boş muharriri bölgan 37 yoşli Fenster isyonga da'vat qiliş hamda immigratsiya va noqonuniy birlaşmalar töğrisidagi qonunlarni buzişda aybdor deb topilgan. Agentlikning yozişiça, u oxirgi yillarda Myanmada qamoqqa hukm qilingan birinçi ğarblik jurnalistdir.

Sud uni viza rejimini buziş va taqiqlangan taşkilotlar bilan muloqot qilişda aybdor deb topgan.

Myanmada şu yilning fevralida hukumat tepasiga harbiylar kelgandi. Ular qator faollar va parlament a'zolarini hibsga olgan hamda hukmron «Demokratiya milliy ligasi» partiyasini 2020 yil noyabrdagi saylovlar natijalarini soxtalaştirişda ayblagan.