Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Lukashenko nazariy jihatdan Yevropaga gaz yetkazib berilishini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini aytdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning gaz tranziti bilan bog‘liq muammoga duch kelish holati ilgari ham yuz bergan.
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko nazariy jihatdan Yevropaga gaz tranzitini to‘xtatib qo‘yishi mumkin deb hisoblaydi.
“Rostini aytsam, bu haqda birinchi marta eshitib turibman. Oxirgi vaqtda Lukashenko bilan ikki marta gaplashdim. U bu haqda indamadi. Ammo bu qo‘lidan keladi. Bu yaxshimas va albatta u bilan bu mavzuda gaplashaman”, – dedi Putin.
“Lukashenko nazariy jihatdan olganda Yevropaga gaz yetkazish yo‘lini yopishga buyruq berishi mumkin, ammo bu tranzit shartnomasining buzilishi bo‘ladi. Ish bungacha bormaydi deb umid qilaman”, – deb ta'kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning gaz tranziti bilan bog‘liq muammoga duch kelish holati ilgari ham yuz bergan.
“Ammo bu Ukraina bilan bo‘lgandi. 2008 yilda gaz narxi va tranziti masalasida ukrainalik do‘stlarimiz bilan kelisha olmagandik. Ukraina Yevropadagi iste'molchilarga mo‘ljallangan gazimizni to‘sib qo‘ygandi”, – deya eslatdi Rossiya prezidenti.
11 noyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko migratsion inqiroz fonida G‘arbning yangi sanksiyalariga javoban Yevropaga gaz tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi.
“Biz Yevropani isityapmiz, ular esa chegarani yopish bilan tahdid qilishyapti. U yerga tabiiy gaz berilishini yopib qo‘ysak-chi? Shuning uchun Polsha, Litva rahbariyati va boshqa boshi yo‘qlarga gapirishdan oldin o‘ylashni maslahat beraman”, – dedi u.
Belarus va YeI mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz yozda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashmasligini aytganidan so‘ng yuzaga kelgandi.
Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
13:48 / 20.01.2026