Hujjat 15 noyabrdan kuçga kiradi. Şu kundan boşlab COVID-sertifikatlari bölmagan deputatlarga parlamentning onlayn va oflayn yiğilişlarida hamda komissiyalar işida iştirok etiş taqiqlanadi.
Deputatlar parlamentning mandat, axloq va bayonotlar böyiça komissiyasiga emlanganlik haqidagi sertifikatini körsatişlari kerak böladi. Ta'kidlanişiça, seymning navbatdagi yiğilişida komissiya sertifikati bölmagan va şu sababli yiğilişlarda iştirok eta olmaydigan deputatlarni ma'lum qiladi.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, ayni vaqtda seymning 100 deputatidan 9 nafari emlanişdan boş tortgan. Şu bilan birga, tibbiy körsatmalarga köra emlanişi tavsiya qilinmaydigan deputatlar öz işini davom ettira oladi.
Ma'lumotlarga köra, seym uşbu çorani hukumatning koronavirusga qarşi siyosatiga nisbatan aholi örtasida işonçni oşiriş maqsadida qabul qilgan.
Reuters’ning ta'kidlaşiça, Latviya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida aholisi eng kam darajada emlangan davlatlardan biri bölib qolmoqda. Mamlakatda aholining 65 foizi koronavirusga qarşi vaksinaning bir dozasi, 58 foizi esa ikki dozasi bilan emlangan. Bu orada Yevropaning aksariyat davlatlarida bu körsatkiçlar 76 foizdan yuqoriroqni taşkil qilmoqda.
Şuningdek, 15 noyabrdan Latviyada karantin qat'iylaştirilmoqda. Jumladan, mamlakatda komendantlik soati kiritiladi, öquvçi va talabalar masofadan öqişga ötkaziladi, birinçi ehtiyojdagi tovarlar sotiluvçi dökonlargina oçiq qoladi.












