Namanganda ayol öz çaqaloğini 7 mln sömga sotayotgan paytda uşlangan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
8 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yaşovçi fuqaro IIBga Mingbuloq tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan ayol 2021 yil 11 iyunda tuğilgan qizini 7 mln sömga sotmoqçiligini ma'lum qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan şu kuni viloyat IIB va tuman IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida, ayol qizini yaşaş uyi oldida 7 mln sömga sotişga kelişib, 3 mln söm va 100 dollarni olayotgan vaqtida uşlangan.
Uşbu holat böyiça Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.











