Har bir viloyatimizning öziga yaraşa taşrif qoğoziga aylana olgan taomlari bor. Toşkent norini, Samarqand setora palovi va Jizzax somsalari şular jumlasidan. Tez orada bu röyxatga Namangan somsalari ham qöşilsa ajab emas.

Namanganlik somsapaz Qobiljon Hamdamov pişirayotgan 16 turdan ziyod somsalar internetda katta maşhurlikka erişmoqda.

Somsaxonani hatto çet ellik blogerlar ham tasvirga olib öz sahifalarida körsatişdi. Natijada Namanganga kelgan sayyohlar orasida ham unga qiziqiş ortgan.

Somsalar qançalik mazali ekanini nafaqat boşqa viloyatlardan, balki qöşni davlatlardan ham kelib navbatda turganlarning köpligidan payqaş mumkin.

Kun.uz muxbiri Qobiljon Hamdamov pişirayotgan somsalarning tayyorlaniş jarayonidan video tayyorladi, somsapazning özi bilan ham suhbatlaşdi.

Mazali videoni YouTube sahifamizda tomoşa qiling. Va albatta döstlaringizga ham ulaşişni unutmang.