Birja savdolari davomida oltin narxi beş oy içidagi maksimal qiymatga yetdi – qimmatbaho metallning bir unsiyasi 1868,5 dolargaça kötarildi. Ösib borayotgan inflatsiya investorlarni oltin sotib olişga undamoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ammo hozirça oltin narxi 2020 yil avgustdagi rekord körsatkiçga yetgani yöq. Öşanda uning bir unsiyasi 2050 dollar deb baholangandi.
Qayd etilişiça, investorlar inflatsiya tezlaşişi fonida oltinga yana «eski qadrdon döst» sifatida qaray boşladi.
Jahon markaziy banklari narxlarni tutib turiş böyiça çoralar körmasa oltin narxi yuqorilaşda davom etadi. Jahon banklari bozorlari böyiça TIAA Bank prezidenti Kris Gefni investorlarga portfellaridagi oltin uluşini 10 foizgaça oşirişni maslahat bergan.











