Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qöllagan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun 2021 yil 15 noyabr kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yiğilişi ötkazilgan. Unda viloyat hokimi örinbosarlari, hokimlik apparati mas'ul xodimlari, şahar, tumanlar hokimlari, sektorlar, aloqador boşqarma va taşkilotlar rahbarlari iştirok etgan.
Yiğilişda ba'zi tumanlar hokimliklari tomonidan prezident farmonlari, qarorlari, farmoyişlari va topşiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlarida belgilangan vazifalar ijrosida sustkaşlikka yöl qöyilayotganligi qayd etilgan.
Xususan, 2020 yilda Angor va Şörçi tumanlarini raqamli transformatsiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşirişda xato va kamçiliklarga yöl qöyganligi uçun mazkur tumanlar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilgan. Ularga Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga asosan, örtaça oylik iş haqining ön foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Buxoroda 5 nafar hokimga hayfsan berildi, 2 nafar hokim jarimaga tortildi












