Liviya milliy armiyasi boş qömondoni Xalifa Haftar mamlakat prezidenti saylovlarida iştirok etiş uçun hujjatlarni rasmiylaştirişga topşirdi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Haftar prezident saylovlarida iştirok eta olişi uçun 22 sentyabrda öz lavozimini 3 oyga tark etgandi.   

“Saylovlar mamlakat botgan oğir vaziyatdan çiqişning yagona yölidir”, deb aytgan feldmarşal öz bayonotida.

Avvalroq Liviyaning marhum yetakçisi Muammar Qazzofiyning öğli Saif al-Islom Qazzofiy prezident saylovlarida iştirok etiş uçun hujjatlarni rasmiylaştirgani ma'lum qilingandi.  

Liviyada 24 dekabrda prezident va parlament saylovlari ötkazilişi belgilangan, biroq buning uçun tegişli qonunlarni qabul qiliş lozim. Biroq Liviya davlat kengaşi Haftarning saylovlarda iştirok eta olmasligi uçun parlament taklif qilgan me'yorlarni ma'qullamagan va saylovlarni 2023 yilgaça qoldirişga çaqirgan.

Liviyada Muammar Qazzofiy tuzumi qulagandan keyin ikki hokimlik yuzaga kelgan: poytaxt Tripolida xalqaro tan olingan Milliy kelişuv hukumati, mamlakat şarqida esa Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi harakat qiladi.

Mamlakatda prezident saylovlari 2019 yilda ötişi kerak bölgan, biroq Haftar kuçlarining poytaxt Tripoliga hujumi sababli keyinga qoldirilgandi.